11:05 / 17.11.2016
4638

Braziliyacha ehtiroslar: namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirib, janjal chiqardilar

Foto: Getty Images

Braziliyada 60 nafarga yaqin hukumatga qarshi bo‘lgan namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirib, u yerda janjal chiqardilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

60 namoyishchidan iborat guruh 16 noyabrda parlament quyi palatasining yig‘ilishlar zaliga kirib, u yerda qo‘riqchilar va ba'zi deputatlar bilan janjal chiqarganlar.  

Mahalliy OAV ma'lum qilishicha, qo‘riqchilar ancha vaqt namoyishchilarni tashqariga olib chiqishga urinishgan. Namoyishchilardan eng faollari sahnaga chiqib, u yerda spiker va boshqa parlament yetakchilari joylarini egallab olishgan. 

Namoyishchilar parlamentni "ishg‘ol qilishdan" avval tashqarida norozilik aksiyasi o‘tkazganlar. Ular Braziliya prezidenti Mishel Temer hukumati o‘tkazmoqchi bo‘layotgan xususiylashtirishga qarshi shiorlarni aytib baqirishgan.

Tartibsizliklar sababli jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.

 

Mavzuga oid
Top