13:47 / 17.11.2016
3293

Samsung messenjerlar uchun platforma ishlab chiquvchi kompaniyani xarid qildi

Foto: Finanzen.net

Koreyaning Samsung kompaniyasi NewNet firmasini xarid qildi. U foydalanuvchilarning o‘zaro muloqot qilishlari uchun platformalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. TechCrunsh nashriga ko‘ra, bu smartfonlar ishlab chiqaruvchisiga o‘z qurilmalari uchun iMessage kabi turdosh dasturni havola qilish imkonini beradi. 

Savdoning tafsilotlari oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, NewNet o‘zining hozirgi faoliyatini Samsung boshqaruvida davom ettirishi aniq. Shu bilan birga, smartfonlar ishlab chiqaruvchisi yangi kompaniyasi imkoniyatlaridan qanday foydalanishiga ham oydinlik kiritmagan. 

Aytish joizki, Samsung avvalroq, ChatOn nomli o‘z messenjerini ishlab chiqqan, ammo loyiha 2015 yilda yopilgandi. 
 

Mavzuga oid
Top