11:15 / 17.11.2016
20347

Tramp Rossiyaga qachon kelishi ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp Rossiyaga tashrif buyuradigan sana bo‘yicha bir to‘xtamga keldi. Ta'kidlanishicha, Tramp Rossiyaga inauguratsiyasidan keyin keladi. Tramp yordamchilari uni Moskvaga tashrif buyurish bilan shoshmay turishga ko‘ndira olishgan. Bu haqda Respublikachilar partiyasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilinmoqda.  

Amerikalik siyosatshunos Dmitriy Saymsning aytishicha, Trampning o‘z lavozimiga o‘tirguncha Rossiyaga tashrifni ortga qoldirish qarori siyosiy to‘g‘ri qarordir.

Mutaxassisning fikricha, Trampning inauguratsiyasidan oldin Moskvaga kelishi AQShning hozirgi siyosatiga putur yetkazish va muhim xalqaro muzokaralarni Barak Obama ma'muriyati orqasida olib borishga urinish deb tushunilishi mumkin edi.
 
Saymsning ta'kidlashicha, hokimiyat tepasida Obama turgan vaqtda Trampga keskin va o‘ylanmagan qadamlarni amalga oshirish yaramaydi. "Tramp shu yo‘l bilan o‘ziga ziyon qilib qo‘ygan bo‘lardi. Shu sababli, mening fikrimcha, Moskva va Tramp inauguratsiyagacha jiddiy muzokaralarni o‘tkazishga shoshmay turishlari kerak", deb tushuntirmoqda mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashib, ko‘plab masalalar bo‘yicha murosa yo‘lini topa olishgandi. Shu bilan birga ular suhbat davomida yuzma-yuz uchrashishga kelishib olishgan.

 

 

Top