19:18 / 18.11.2016
11723

Burger King Sobchakning o‘g‘liga ajoyib ism taklif qildi

Foto: © RIA

Burger King fast-fud restoranlari tarmog‘i bugun, 18 noyabr kuni onalik baxtiga erishgan teleboshlovchi Kseniya Sobchakka reklama hamkorligini taklif etdi. Unga ko‘ra, Kseniya pul mukofoti evaziga o‘z o‘g‘lini Kingo deb nomlashi kerak bo‘ladi. Bu haqida Lenta.ru nashrida ma'lum qilindi

"Yosh ota-ona o‘z farzandiga Kingo ismini beradi, kompaniya esa bola voyaga yetgunga qadar har yili unga 100 million rubl taqdim etadi", - deyishdi Burger King'da. 

"Kingo so‘zini "kichik qirol", deb tarjima qilish mumkin. Kingo Sobchak yoki Kingo Vitorgan - eshitilishi ajoyib", - qo‘shimcha qilindi kompaniyada.

18 noyabr, juma kuni  Kseniya Sobchak Moskva viloyatidagi "Lapino" tug‘ruqxonasida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ona va bolaning ahvoli yaxshi. 

 

Top