18:24 / 19.11.2016
19406

Anjyelina Joli turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgandan keyin ilk bor ommaga ko‘rinish berdi

Amerikalik aktrisa Anjyelina Joli turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bilan ajrashgani haqidagi xabarlardan keyin ilk bor ommaga ko‘rinish berdi. Bu haqda Entertainment Tonight xabar bermoqda

Aktrisa Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudining bolalar siyosatini  qo‘llab-quvvatlab video yozdi.

"Xalqaro jinoyat sudida yoki boshqa tashkilotdagi muvaffaqiyatli sud taqibi va yangi huquqiy yo‘nalish uzoq muddatli va hayotiy muhim sa'y-harakatlarning bir qismi hisoblanadi. Mening fikrimcha, bolalarga nisbatan xalqaro sud siyosati aynan shunday bo‘lishi lozim", deb aytgan aktrisa videoda.

Ta'kidlanishicha, 41 yoshli aktrisa videoda oddiy pardoz hamda qora pidjak va qora bluzkada bo‘lgan. 

Avvalroq Bred Pitt Joli bilan ajrashgandan keyin birinchi marta qizil gilamchada paydo bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top