07:46 / 19.11.2016
7270

Tramp Iroq bosh vazirini AQShga taklif qildi

Foto: © AP

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy bilan telefon orqali suhbatda yangi lavozimiga o‘tirishi bilan tez orada, ya'ni yanvar oxirlarida uni AQShga kelishga taklif qildi. Bu haqda Iroq bosh vaziri matbuot xizmati bergan xabarda aytilgan.  

Bundan tashqari, Tramp muloqot davomida "Iroqni erishayotgan g‘alabalari bilan tabrikladi". "Siz biz uchun asosiy hamkorsiz hamda kuchli va qat'iy ko‘mak topasiz", deb aytgan Tramp. 

O‘z navbatida, al-Obodiy Iroq ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishni istayotganini ma'lum qilgan. Al-Obodiy, shuningdek, Trampga iroqlik harbiylar IShID jangarilariga qarshi kurashda erishgan g‘alabalar haqida so‘zlab berdi va "terrorchilikka hamda diniy ajratishga undovchi mafkuraga qarshi kurash uchun barcha sa'y-harakatlarni birlashtirish muhimligini" ta'kidlab o‘tdi.

 

Mavzuga oid
Top