08:16 / 19.11.2016
6071

UYeFA ramziy terma jamoasiga kirish bo‘yicha Messi Ronaldudan ortda

UYeFA «Yilning ramziy terma jamoasi»dan eng ko‘p marta joy olgan futbolchilardan iborat tarkibni tuzdi. Tashkilot rasmiy saytida keltirilishicha, bu ro‘yxatda Ispaniyaning 6 vakili bor.

Yil ramziy terma jamoasiga eng ko‘p portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu kirgan - 10 marta. Argentina termasi hujumchisi Lionel Messi esa faqat 7 marta bu termadan joy olgan.

Tarkib quyidagicha: Iker Kasilyas (Ispaniya, 6 marta), Karles Puyol (Ispaniya, 6), Filipp Lam (Germaniya, 5), Serxio Ramos (Ispaniya, 5), Xerard Pike (Ispaniya, 4), Xavi (Ispaniya, 5), Andres Inesta (Ispaniya, 5), Stiven Jyerrard (Angliya, 3), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 10), Lionel Messi (Argentina, 7), Terri Anri (Fransiya, 5). 

Manba: tribuna.uz

Mavzuga oid
Top