22:48 / 20.11.2016
4754

Domodedovodagi samolyotda bomba borligi haqida yolg‘on xabar bergan bezori 10 kunga hibsga olindi

Foto: © RIA

Domodedovo aeroportidagi samolyotda bomba borligi haqida yolg‘on xabar bergan, Moskva — Dubay reysi yo‘lovchisi mayda bezorilik uchun 10 kunga hibsga olindi, deb xabar bermoqda ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda  RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"Moskva — Dubay aviareysi bortida qoidani buzgan yo‘lovchi Moskva viloyati  Domodedovo shahar sudi tomonidan ma'muriy javobgarlikka tortilib, 10 kunga hibsga olindi", deb aytdi vazirlik vakili.  

Avvalroq aeroportning navbatchi qismiga Domodedovo aeroportidan uchishi kerak bo‘lgan reys yo‘lovchisi samolyotda bomba borligini ma'lum qilgani haqida axborot kelib tushgan.  

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari samolyot bortida hech qanday xavfli buyum aniqlashmagan.

 

Mavzuga oid
Top