10:55 / 21.11.2016
5984

Hindistondagi poyezd halokati qurbonlari soni 133 kishiga yetdi

Foto: Reuters

20 noyabr kuni Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yo‘lovchi poyezdi halokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 133 kishini tashkil etdi. The Hindu xabariga ko‘ra yana 300 kishi yaralangan.

Ayni vaqtda hududda qutqaruv amaliyoti yakunlangan.

Bundan avvalgi xabarlarda qurbonlar soni 115 kishidan oshgani bildirilgan edi.

Ayni vaqtda qurbonlardan 80 nafarining shaxsi aniqlangan.

Kanpur shahridan 100 kilometr narida Indor-Patna ekspressining 14 vagoni relslardan chiqib ketdi. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 3:00 da ro‘y bergani bois yo‘lovchilarning ko‘pchiligi uxlayotgan edi.

Mavzuga oid
Top