09:59 / 21.11.2016
7231

Liviya janubida davom etayotgan harbiy ziddiyat sababi aniqlandi

Foto: © AFP

Liviya janubidagi Sabha shahrida 4 kundan beri davom etayotgan qurolli to‘qnashuvda kamida 16 kishi halok bo‘lgan, 50 kishi tan jarohati olgan, deb yozmoqda The Guardian nashri. Mahalliy qabilalar o‘rtasidagi kelishmovchilikka esa qo‘lga o‘rgatilgan maymun sabab bo‘lgani aytilmoqda.
 
Gap shundaki, G‘addodfa qabilasidan savdo do‘koni sohibining maymuni Sulaymon avlodi qabilasining maktab o‘quvchisi boshidagi ro‘molni olib qochgan. Bunga javoban, Sulaymon avlodi maymunni va do‘kon egasi oilasining uch a'zosini o‘ldirgan. 

Shundan so‘ng, shaharda tanklar, minomyotlar va boshqa turdagi og‘ir texnikalardan foydalangan holda haqiqiy urush boshlanib ketgan. 

G‘addodfa va Sulaymon avlodi – mintaqadagi eng obro‘li va eng kuchli qurollangan qabilalar hisoblanishadi. Bundan tashqari, Sabha qurol-yarog‘lar kontrabandasi markazidir. Muammar Qozzofiy o‘ldirilgach, shaharda tez-tez shu kabi tartibsizliklar yuz berib turadi. 


 

Mavzuga oid
Top