09:12 / 22.11.2016
11367

22 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

21 noyabr tuni va 22 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Harbiy xizmatda bo‘lgan talabalarga moddiy yordam bekor qilindi

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati respublika Qurolli kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tab, to‘lov-kontrakt asosida oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish amaliyotini to‘xtatadi.

>>> Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidentiga hamdardlik bildirdi

Foto: © RIA Novosti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtati Kanpur shahrida yuz bergan temir yo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Pranab Kumar Mukerjiga maktub yo‘lladi.

>>> Batafsil.

Yapon askarlari 70 yildan beri ilk marotaba xorijga jangovar vazifa bajargani yuborildilar

Foto: Yuya Shino / Reuters

Yapon askarlari Ikkinchi jahon urushidan beri ilk marotaba xorijda qurol ishlatish va jangda ishtirok etishni ko‘zda tutuvchi missiyada ishtirok etishadi.

>>> Batafsil.

Yanukovich Ukrainada hokimiyatning qo‘lga olinishi borasidagi fikrlarini bildirdi

Foto: © RIA

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 2014 yil fevralida Kiyevning bosh maydoni – "Maydan"dagi voqealar avvaldan rejalashtirilgan bo‘lganini ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Rossiyada xorijiy ishchilarni kamaytirish taklifi bildirilmoqda

Foto: © RIA

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Olga Golodets Rossiyaning muammoli hududlarida xorijiy ishchilar ulushi qisqartirilishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

>>> Batafsil.

Yaponiyada 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Foto: © Flickr/ Matt Katzenberger

22 noyabr tongida Yaponiyaning sharqiy qismida 7,3 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.

>>> Batafsil.

Xitoyliklar qudratli elektr giperkar taqdim qildilar

Foto:motor.ru

Xitoyning NextEV kompaniyasi Nio deb nomlangan avtomobillar ishlab chiqaruvchi bo‘limini ishga tushirdi.

>>> Batafsil.

Ayollarning "yil avtomobili" aniqlandi

Foto: Jaguar Land Rover

17 nafar avtojurnalist ayollardan iborat hakamlar 2016 yilgi “Butunjahon ayollarining yil avtomobili” tanlovining natijalarini e'lon qildi.

>>> Batafsil.

Shaxmat qiroli unvoni uchun uchrashuvda rossiyalik shaxmatchi ilk g‘alabaga erishdi

Foto: © RIA

Rossiyalik Sergey Karyakin shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritish uchun Nyu-Yorkda amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen bilan bahsda birinchi g‘alabaga erishdi.

>>> Batafsil.

Top