Rossiyalik Sergey Karyakin shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritish uchun Nyu-Yorkda amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen bilan bahsda birinchi g‘alabaga erishdi. 7 ta durang partiyadan keyin 8-partiya rossiyalik shaxmat ustasi foydasiga hal bo‘ldi.
Karyakin qora figuralar bilan o‘ynagan, partiya esa 5 soat davom etgan. Endi umumiy hisob rossiyalik foydasiga 4,5:3,5 bo‘ldi.