16:03 / 22.11.2016
4073

Samolyotlardagi illyuminatorlar sensor displeylarga aylantirilmoqda

Foto: Birdinflight.com

Vision Systems kompaniyasi yo‘lovchilarni zeriktirmaslik uchun LCD displey va sensor qatlamli illyuminatorlarini namoyish etdi. Bu haqida Naked Science nashri xabar berdi. 

Acti-Vision Window illyuminatori elektrokimyoviy shisha va sensor displey qatlamlaridan iborat. Aviayo‘lovchi maxsus interfeys orqali internet saytlari, video yoki suratlarni ko‘zdan kechirishi mumkin. 

Displeyning shaffofligini sozlash imkoni mavjud. Shu yo‘l bilan bort ortidagi harorat yoki parvozga oid ma'lumotlarni olish mumkin. Salondagi markaziy joylarda o‘tirgan yo‘lovchilarning texnologik illyuminator bilan qanday ishlashlari noma'lum. 

LCD displey birgina bosish orqali o‘chiriladi. Illyuminator chirog‘i halaqit bermasligi uchun uning yorqinligini o‘zgartirish mumkin. 
 

Mavzuga oid
Top