14:27 / 23.11.2016
42410

24 noyabr Toshkentda kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 24 noyabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, biroz qor yog‘ish ehtimoli bor. Kechasi 7-9, kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin.  Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Kechasi 13-18, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
 

Mavzuga oid
Top