11:55 / 23.11.2016
21157

Asossiz g‘iybat sabab ikki ayol o‘z erini yo‘qotdi

Foto: © Fotolia

Shog‘ulom Shamsiyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Rossiyaning Tomsk shahriga ishlab pul topish uchun ketgan edi. To‘satdan otasi Shonazar Shamsiyev telefon qilib xotini Vazira haqida qishloqda gap tarqalganini aytadi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Shog‘ulom Shamsiyev yuragidagi adovat bilan O‘zbekistonga qaytdi. Bu yolg‘on gap uy ishi, farzandlari tarbiyasini bir chekkaga surib qo‘yib, faqat mayda gaplar ortidan qolmaydigan qishloqning bir-ikkita g‘iybatchi ayollaridan chiqqani aniqlandi.
Shog‘ulom turmush o‘rtog‘ining sha'nini oyoqosti qilganlarni G‘ijduvon tuman ichki ishlar bo‘limiga yozib berdi. Ammo yuragidagi adovat va asossiz rashk hislari tarqamadi.

Kunlardan bir kun qo‘liga pichoq olib, g‘iybat markazida bo‘lgan Sobir Karimovni qo‘rqitib qo‘yish uchun uni qidirib yo‘lga chiqadi. Bu payt Sobir xotini Farida bilan dala yo‘li yoqalab kelishayotgan edi.

Shog‘ulom va Sobir ko‘rishib qolib, gap talashib ketishdi. Shog‘ulom Sobirga tashlandi. Jahlini jilovlay olmagan yigit uning bir necha joyiga pichoq sanchishga ulgurdi. Sobirning o‘sha yerda joni uzildi.

Sud hukmi bilan Shog‘ulom Shamsiyev 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Mavzuga oid
Top