04:38 / 24.11.2016
8195

YeChL. S guruhi. Barcha masalaga oydinlik kiritgan tur

Foto: UEFA.com

Qur'a tashlash marosimidan keyin nisbatan kuchli jamoalar yig‘ilgan guruh deya ta'rif berilgan S guruhida 5-turga kelib barcha savollarga javob topildi. Kim birinchi, ikkinchi. Kim Yevropa ligasiga yo‘l oladi, kim yevrokuboklar bilan xayrlashadi. Bu savollarning barchasi so‘nggi tur oldidan o‘z javobiga ega bo‘ldi.

Myongxengladbaxda «Borussiya» mehmoni bo‘lgan Xosep Gvardiola shogirdlarini keyingi bosqichga chiqish uchun durang natija ham qoniqtirardi. Ammo bu birinchi o‘rin uchun kurashdan voz kechish degani edi. Aslida 1-o‘rin uchun «Barselona»ni quvib o‘tish taqvimni hisobga olsa deyarli bajarib bo‘lmas vazifa edi. Natijada «Siti» birinchi navbatda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni o‘yladi va bunga erishdi - 1:1. «Borussiya» «Siti»dan uch ochko ortda qolayotgan bo‘lsa ham o‘zaro o‘yinlardagi (mehmonda «Siti»ga 0:4 hisobida imkoniyat boy berilgan) natija tufayli ular Gvardiola jamoasini quvib yeta olmaydigan bo‘ldi. Ammo 5 uchrashuvda to‘plangan 5 ochko jamoaga Yevropa Ligasi yo‘llanmasini taqdim etdi.

Sababi «Barselona» «Seltik» uyiga tashrif buyurib Messining dubli evaziga g‘alaba qozondi. Natijada «Barsa» guruhda birinchi, «Siti» ikkinchi, «Borussiya» uchinchi va shotlandiyaliklar so‘nggi o‘rinni egallashi oydinlashdi. Bu guruhda so‘nggi tur shunchaki rasmiyatchilik uchun o‘tkazilishi oydinlashdi.

 

Chempionlar ligasi. C guruhi. 5-tur

Seltik – Barselona – 0:2
Gollar: Messi, 24 (0:1); Messi, 56 (0:2, pen).
Ogohlantirishlar: Svyatchenko, 23; Lustig, 71; Armstrong, 87 – Alba, 41; Roberto, 63; Neymar, 71; Rakitich, 88.

 

Borussiya Myongxengladbax – Manchester Siti – 1:1
Gollar: Raffael, 23 (1:0); Silva, 45+1 (1:1).
Ogohlantirishlar: Shtindl, 20; Daxud, 49; Yanchke, 69; Raffael, 71 – Fernandino, 43.
Chetlatishlar: Shtindl, 51 – Fernandino, 63.

Mavzuga oid
Top