17:23 / 24.11.2016
5220

O‘zbekistonda Davlat byudjyetining xarajatlari YaIMga nisbatan 21,6 foizni tashkil etdi

24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Davlat byudjyetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlarining 2016 yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas'ul xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, soha ekspertlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari M.Mirzayev ma'ruza qildi.

Ta'kidlanganidek, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishga eng zamonaviy, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali uni modernizatsiyalash jahonda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda. Xususan, hisobot davrida mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YaIM) o‘sishi 7,8 foizni tashkil etib, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 7,2 foizga o‘sdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlik yanada mustahkamlanib, tashqi savdo aylanmasining ijobiy savdosi kuzatildi.

Chuqur o‘ylangan, puxta pul-kredit va soliq-byudjyet siyosatining amalga oshirilganligi Davlat byudjyeti daromad qismining prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan 100,2 foiz ijrosini ta'minlab, bu YaIMga nisbatan 21,7 foizni tashkil etdi. Davlat byudjyetining xarajatlari YaIMga nisbatan 21,6 foizni tashkil etib, bu O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetini YaIMga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarish imkonini berdi.

Top