Shimoliy uelslik keksa fuqaro nogironlarga mo‘ljallangan skuterda tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortildi. U soatiga 67 kilometrdan ko‘proq tezlik bilan harakatlangan. Daily Post portalining xabar berishicha, Jyeyms Roberts belgilangan maksimal tezlik darajasi soatiga 13 kilometr bo‘lgan transport vositasiga kvitansiya olgan. Bundan tashqari, ko‘rsatilgan kunda u skuterdan foydalanmagan.
74 yoshli erkakka jo‘natilgan kvitansiyaga ko‘ra, pensionerga qarashli ekomobilik Trelonid shahrida tezlikni oshirgan. Aslida esa Roberts va uning skuteri bu yerdan deyarli 20 kilometr uzoqda bo‘lgan.
Ma'lum bo‘lishicha, pensioner transport vositasining ro‘yxatga olingan raqami jarima yozilgan skuter bilan bir xil ekan.
Kvitantsiyani jo‘natgan GoSafe muassasasi Jyeyms Robertsdan yozma ravishda uzr so‘radi. Jarima bekor qilingan.