09:19 / 25.11.2016
5472

Fiyon prezident Olland yuritayotgan siyosatni keskin tanqid qildi

Foto: © RIA

Fransiya hukumatining sobiq raislaridan biri, mamlakat prezidentligi uchun nomzod Fransua Fiyon davlat rahbari Fransua Ollandning Rossiyaga yuritayotgan tashqi siyosatini be'manilikka qiyosladi va uni o‘zgartirish lozimligi haqida so‘z yuritdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Fransua Ollandning to‘rt yarim yildan beri Rossiyaga nisbatan olib borayotgan siyosati bema'nilikdan boshqa narsa emas, u Rossiyani yakkalanib qolishiga va o‘jarlik, millatchilik tomon yo‘naltirmoqda. Rossiya esa dunyodagi eng yirik davlat, yadroviy mamlakat va u bilan bunday muomala qilish yaramaydi», — degan Fiyon saylovoldi bahslarida. 

Sobiq bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Parij Moskva bilan muzokaralar davrasiga o‘tirishi va yo‘qotilgan aloqalarni tiklashi lozim. 

«Xalqaro siyosatda Fransiya o‘z manfaatlarini himoya qilishiga harakat qilaman. Albatta, alyansni almashtirish Fransiya manfaatiga ziddir. Biz AQSh hamkorimiz, shu bilan birga, Rossiya ega bo‘lgan qadriyatlarga ham egamiz. Shuningdek, xavfsizlik sohasida AQSh ittifoqchisi hisoblanamiz», — degan Fiyon.

Debatlarda ishtirok etgan nomzodlardan Fransiyaning yana bir sobiq bosh vaziri Alen Jyuppe Parijning jahon siyosatidagi yetakchilik o‘rnini tiklashga hamda prezident sifatida saylansa, Moskva va Vashingtondan birini tanlashga majbur bo‘lmasligiga va'da bergan edi. 


 

Top