12:39 / 26.11.2016
4735

Pokiston g‘arbida jangarilar masjidga hujum qildi

Foto: © AFP

Pokiston armiyasining kamida ikkita harbiy xizmatchisi jangarilarning masjidga qilgan hujumi tufayli halok bo‘ldi. Hodisa Pokiston-Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi harbiy baza hududida ro‘y berdi. Associated Press xabariga ko‘ra, 14 harbiy xizmatchi jarohat olgan. 

Pokiston g‘arbidagi Moxmand agentligi harbiy bazasida jinoyatchilar baza hududiga kirishga urinib ko‘rishgan, biroq uning yaqinidagi masjid binosi yonida o‘t ochishgan. Ro‘y bergan hodisa paytida u yerda yangi qabul qilingan askarlar bo‘lgan. Boshlangan otishma natijasida to‘rt jangari yo‘q qilindi.

Hozirda harbiylar hujum qilganlarning sheriklarini qidirish bilan band.

Mavzuga oid
Top