07:48 / 27.11.2016
58779

Sayyoramizning eng qimmatbaho 12 buyumi

Agar ertaga lotereyada yirik miqdordagi pul mukofotni yutib olsangiz, uni nimaga sarflaysiz? Xayolingizga hech bir narsa kelmayotgan bo‘lsa, Trendymen ochiq sotuvdagi quyidagi buyumlar ro‘yxati bilan tanishib chiqishni tavsiya qiladi. Bu buyumlar juda qimmatbaho bo‘lsa-da, har biriga xaridor topiladi. 

Shaxmat to‘plami: Charles Hollander


Narxi: 600,000 dollar
Oq tilladan yasalgan shaxmatni hozirning o‘zidayoq ishlab chiqaruvchining sayti orqali buyurtma qilishingiz mumkin - yetkazib berish mutlaqo bepul! Agar siz shaxmatga u qadar qiziqmasangiz, bu buyumning yarim million dollardan ortiq baholanishi sizni hayratga solishi mumkin. 

Burger: Le Burger Extravagant


Narxi: 295 dollar
Nyu-Yorkdagi «Serendipity 3» kafesi ushbu oddiy burgerni 295 dollardan sotadi. Burgerga buyurtma berish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. 

Avtomobil: 1962 Ferrari 250 GTO


Narxi: 35 000 000 dollar
1962 yilgi kolleksiya avtomobili - Ferrari 250 GTO bozorda o‘rtacha 35 million dollarga sotiladi. Mashina holatiga qarab narx ko‘tarilishi yoki pasayishi mumkin, biroq fakt shundaki, Ferrari 250 GTO - sayyoramizdagi eng qimmatbaho avtomobil. 

Fotoapparat: Susse Freres


Narxi: 775,000 dollar
1839 yili Parij fotoatelesi uchun buyurtmaga ishlangan Susse Freres dagerrotip kamerasi 2007 yilda kimoshdi savdosida rekord narxga sotilgan - 775 000 dollar. Bu ushbu noyob kamerani rasman tarixdagi eng qimmatbaho fotoapparatga aylantirdi. 

Mehmonxona: Royal Penthouse Suite, Hotel President Wilson


Narxi: 65,000 dollar (bir kecha tunash uchun)
Jyenevadagi 10 xonali va 7 yotoqxonali lyuks - Yevropa ruhoniylari oilasi bilan keluvchi sevimli maskan. 

Pianino: Heintzman Crystal


Narxi: 3,22  million dollar
Ikki metrli Heintzman Crystal pianinosi Pekinda yig‘ilgan va kimoshdi savdosida noma'lum xaridor tomonidan rekord summaga sotib olingan - 3,22 million dollar. 

Sigara: Gurkha Black Dragon


Narxi: 1,150 dollar (bir donasi)
Gondurasning ushbu sigara markasi tuyaning tuyog‘idan yasalgan maxsus qutida yetkaziladi. Ushbu sigara 1150 AQSh dollariga baholangan. Gurkha Black Dragon to‘plamlari mayda seriyalarda 5 donadan ishlab chiqariladi. 

Motosikl: Dodge Tomahawk V10 Superbike


Narxi: 700,000 dollar
Bu to‘rt g‘ildirakli mototsikl 1500 ot kuchiga ega va atigi 2,5 soniyada soatiga 0 dan 100 kilometrgacha harakatlanadi.

Shampan vinosi: Heidsieck Monopole 1907


Narxi: 25,000 dollar
1990-yillar oxirida Fransiya hududidagi suv havzalarida cho‘kib ketgan kema topilgan, uning bortidan hech qanday ziyon yetmagan 1907 yilga tegishli bir quti shampan vinosi topilgan. 

Audiotizim: Transmission Audio Ultimate System


Narxi: 2 million dollar
Audiotizim vazni taxminan 500 kilogramm bo‘lib,  u aviatsion alyuminiydan yasalgan. Ichida tilla bilan ishlov berilgan simlar va kumush qo‘shilgan membranalar mavjud. U audiofil-milliarder uchun bebaho sovg‘a hisobalanadi. 

Soat: Haute Joaillerie from Chopard


Narxi: 25 million dollar
Kimdir Rolex soatlarini yoqtirsa, yana kimdir haqiqiy hashamatni xush ko‘radi. Haute Joaillerie from Chopard soatlarida mexanizm qismlaridan ko‘ra qimmatbaho toshlar ko‘proq. 

Surat: 5-raqam,  1948


Narxi: 140 million dollar
Jyeyson Pollokning eng mashhur kartinalaridan biri kimoshdi savdolaridagi barcha rekordlarni ortda qoldiradi - u uchun taklif qilingan eng yuqori narx 140 million dollardan ortiqni tashkil qilgan. 

 

Top