16:56 / 28.11.2016
3629

Videoo‘yinga qiziquvchan bola ota-onasining mashinasini olib qochdi

Illyustrativ surat

Kanadaning Ontario provinsiyasida 11 yashar bola Grand Theft Auto V videoo‘yinini o‘ynay turib, o‘z ota-onasining mashinasini o‘g‘irladi. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lum qilmoqda.

Castanet bergan ma'lumotga ko‘ra, 26 noyabr kechasida Von shahri politsiyasi yo‘l harakati qoidasini buzayotgan haydovchi haqida ma'lumot olgan.  Patrul xizmati qoidabuzarning ortidan yo‘lga tushgan.

Mashina to‘xtatilganda, boshqaruv rulida 11 yashar bolaning o‘tirgani ma'lum bo‘lgan. Ofitserlar uni so‘roq qilish jarayonida bolaning GTA V o‘yinini ko‘p o‘ynashini va mashina haydash qanday bo‘lishiga qiziqib ko‘rganligini bilib olishdi. "O‘g‘ri"ni uyga olibborib qo‘yishgan.

Mavzuga oid
Top