09:24 / 29.11.2016
8703

29 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

28 noyabr tuni va 29 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Oqsaroy qarogohi oldidagi ko‘cha ochildi

Foto: Kun.uz

Toshkentda Sharof Rashidov va Byoshyog‘och ko‘chalari o‘rtasidagi yo‘l qismida joylashgan Afrosiyob ko‘chasida avtotransport qatnovi ochildi.

>>> Batafsil.

OTB O‘zbekistonda bog‘dorchilik sektorini rivojlantirish uchun 154 million dollar ajratdi

Foto: adb.org

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bugun, 28 noyabr kuni O‘zbekistonning 12 viloyatida hamda Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasida bog‘dorchilik sohasidagi ta'minot zanjirini rivojlantirish uchun 154 million AQSh dollari miqdorida zayom taqdim etishini tasdiqladi.

>>> Batafsil.

AQShda afroamerikaliklarni o‘ldirishda ayblangan qotil o‘zini o‘zi himoya qiladigan bo‘ldi

Foto: © AFP

O‘tgan yilning yozida Shimoliy Karolina shtatida 9 afroamerikalikni o‘ldirishda ayblanayotgan Dilan Ruf sud jarayonida o‘zini o‘zi himoya qiladi.

>>> Batafsil.

Boliviyada Fidel Kastro vafoti munosabati bilan bir haftalik motam e'lon qilindi

Foto: © RIA

Boliviya prezidenti Evo Morales Kubaning sobiq yetakchisi Fidelya Kastroning vafoti munosabati bilan yetti kunlik motam e'lon qildi.

>>> Batafsil.

Kuba xalqi Fidel Kastro bilan xayrlashmoqda

Foto: © EPA/ALEJANDRO ERNESTO

Kuba poytaxti Gavana va Santyago-de-Kuba shahrida 28 noyabrda artilleriya salyutining otilishi Kuba xalqining Fidel Kastro bilan xayrlashishi boshlanganini anglatdi.

>>> Batafsil.

AQShda talaba 9 kishiga pichoq bilan jarohat yetkazdi

Foto: Youngbenwest / Instagram

AQShning Ogayo universitetida tahsil oluvchi talaba 28 noyabrda ta'lim muassasasi  hududida odamlarga pichoq bilan hamla qildi.

>>> Batafsil.

Zimbabve o‘z qog‘oz pullarini muomalaga chiqardi

Foto: Reuters

Zimbabve hukumati xorijiy valyuta yetishmayotgani sababli 2009 yildan beri birinchi marta o‘z qog‘oz pullarini muomalaga chiqardi.

>>> Batafsil.

Shimoliy Koreya yetakchisining mamlakat hududlaridan biriga tashrifidan fotoreportaj

Foto: KCNA/Reuters

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan Samjiyon viloyatiga tashrif buyurdi.

>>> Batafsil.

Saudiya Arabistonida harorat keskin pasayib, qor yog‘di

Saudiya Arabistonida kutilmaganda havo harorati keskin pasayib, qor yog‘di. Qish arafasida mamlakat bo‘ylab ko‘p yog‘ingarchilik kuzatildi, jalalar ba'zi shaharlar va aholi punktlarida sel oqishiga sabab bo‘ldi.

>>> Batafsil.

"Yer sayyorasi 2" hujjatli filmidan yana bir xit: jirafa va sher to‘qnashuvi

Britaniya telekanallaridan biri o‘zining "Yer sayyorasi 2" hujjatli filmiga katta e'tibor qaratishda davom etmoqda.

>>> Batafsil.

Yilning eng asosiy 14 ilmiy hodisasi (Popular science versiyasi)

Yetakchi ilmiy-ommabop jurnallardan biri hisoblangan Popular Science 2016 yilning eng asosiy ilmiy hodisalari ro‘yxatini taqdim etdi.

>>> Batafsil.

Gimnastika bo‘yicha eng yosh mutlaq jahon chempioni o‘z faoliyatini yakunlamoqda

Foto: © AFP

Riodagi olimpiadada kumush medal sovrindori bo‘lgan Yana Kudryavtseva o‘z faoliyatini yakunladi. Uning bu qarorga kelishiga oyoqdagi jarohat sabab bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Top