17:34 / 30.11.2016
7084

Xitoyliklar Ukraina davlat bankini sotib olishdi

Xitoyning Bohai Commodity Exchange kompaniyasi ochiq savdolarda Ukraina qayta qurish va taraqqiyot bankining 99,9 foiz aksiyalarini xarid qildi. Ular davlatga tegishli edi, deb xabar qiladi Ukraina davlat mol-mulk jamg‘armasi matbuot xizmati.

"Tanlovda ishtirok etish istagini bir qatnashchi bildirgani tufayli bank boshlang‘ich narxda – 82,8 million griven (3,2 million dollar)ga sotib yuborildi", - deyiladi xabarda.

Jamg‘arma rahbari Igor Bilousning ta'kidlashicha, bankni xarid qilish “xususiylashtirish jarayoniga yana ko‘prok xitoy kompaniyalarini jalb etish imkonini beradi”.

Ma'lumot uchun, bank Ukraina hukumati qarori bilan 2003 yilning mayida tashkil etilgan.

Top