21:24 / 30.11.2016
11466

«MYu» Pogbaning rekordini yo‘qqa chiqarmoqchi

«Barselona» yanada boyib ketishi mumkin.

2016 yilning yozida «qizil iblislar» Pol Pogba bilan shartnoma imzolab, transferlar borasidagi rekordni o‘rnatgandi. Mankunianliklar 1 yildan keyin boshqa bir futbolchi uchun yanada ko‘proq mablag‘ berib, bu rekordni yo‘qqa chiqarishi mumkin.  Daily Record tabloidida yozilishicha, inglizlar jamoasi «Barselona»dan braziliyalik hujumchi Neymarni xarid qilishni mo‘ljallagan.

Joze Mourino boshqaruvidagi klub ushbu futbolchi uchun 211 million yevro sarflashga tayyor.

Bundan oldin ham «MYu» Neymarni sotib olishga qiziqayotgani haqida xabarlar berilgandi. Inglizlar Neymarning «Santos»dan Kataloniyaga o‘tishi bilan bog‘liq mojarolaridan foydalanib qolishmoqchiligi aytilgan.

Braziliya terma jamoasi yetakchisi bo‘lgan futbolchi shu yilning iyulida «Barselona» bilan yangi uzoq muddatli (2021 yilgacha) shartnoma tuzgandi.

Neymar Primeraning joriy mavsumia 11 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol urgan va 7ta golga assistentlik qilgan.

Top