16:01 / 05.12.2016
40774

Toshkentda Shavkat Mirziyoyev tarafdorlari g‘alabani nishonlashga tayyorlanmoqda

Toshkent shahri markazida joylashgan "O‘zekspomarkaz" binosida O‘zbekiston prezidenti saylovida Liberal-demokratlar partiyasidan nomzod sifatida qatnashgan Shavkat Mirziyoyev shtabi g‘alabani nishonlashadi. Ayni vaqtda ushbu nomzodning yuzlab tarafdorlari bino hududida bayram marosimiga hozirlik ko‘rmoqda. Ular qo‘llarida davlat bayroqlarini ko‘tarishgan.

Shavkat Mirziyoyev bu marosimda chiqish qilib nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Tadbirda siyosiy elita vakillari, shuningdek, madaniy arboblar hamda san'atkorlar, xususan taniqli xonanda Yulduz Usmonova ishtirok etadi. 

Ayni vaqtda hududda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Tashkilotchilarning ma'lum qilishicha, bunday marosimlar respublikaning boshqa viloyatlarida ham bo‘lib o‘tadi.

Saylov natijalari bir necha daqiqa ichida ma'lum bo‘ladi.

Lekin saylovda ovoz berish jarayoni yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev shtabidagilar kamida 80 foizlik ustunlik bilan g‘alaba qozonilgani haqida aytdi. Shtab saylovdagi g‘alaba sharafiga bayram torti hozirlab qo‘ygan.

Top