19:16 / 07.12.2016
10254

Aqto‘beda yirik jinoiy guruh a'zolari qo‘lga olindi

Foto: © AP

Aqto‘beda neft o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan jinoiy guruh a'zolari qo‘lga olindi, deb xabar berdi Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi.

«Tezkor tadbir davomida neft o‘g‘irlashga aloqador bo‘lgan bir qator shaxslar qo‘lga olindi. Neft va neft mahsulotlari bo‘lgan avtosisternalar olib qo‘yildi», - deyilgan mahkama xabarida.

Ta'kidlanishicha, ayni damda qo‘lga olinganlarning uyi, shuningdek, o‘g‘irlangan neftni legalizatsiya qilish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilgan korxonalarda tekshiruvlar olib borilmoqda.

Avvalroq, Aqto‘beda keng qamrovli maxsus amaliyot o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandik.
 

Top