10:52 / 16.12.2016
12215

France Football Lev Yashinning «Oltin to‘p»ini tortib olgani ma'lum bo‘ldi

Foto: sport-express.ru

Fransiyaning France Football nashri tomonidan topshirib kelinadigan «Oltin to‘p» sovrini 1995 yilga qadar Yevropaning eng yaxshilari uchun atalganidan xabaringiz bor. Jurnal bungacha topshirgan 40ta «Oltin to‘pi»ga aslida munosib bo‘lgan bir qator futbolchilarni e'tirof etishga qaror qildi.

Gap shundaki, nashr agar sovrinni boshidan boshlab barcha qit'alar vakillariga berilganda 40ta sovrindan 12tasi boshqa futbolchilarga berilishi kerak bo‘lgan. Frantsuz jurnali aynan shuncha sovrinni egalariga ramziy ravishda topshirdi.

Unga ko‘ra, Pelega 7ta, Maradonaga esa 3ta «Oltin to‘p» berilishi, Garrincha, Mario Kempes va Romariolarga ham bittadan mazkur sovrin taqdim etilishi to‘g‘ri deb topilgan.

Natijada ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan Raymon Kopa, ispaniyalik Alfredo Di Stefano va Luis Suares, nemislar Gerd Myuller va Lotar Matteus, italiyalik Omar Sivori, chexoslovakiyalik Yozef Masopust, shotlandiyalik Denis Lou, ingliz Kevin Kigan, bolgariyalik Xristo Stoichkov va Sobiq Ittifoq vakili Lev Yashinning «Oltin to‘p»lari ramziy ravishda olib qo‘yilgan.

Top