15:17 / 27.12.2016
12466

Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi Plenumlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi

2016 yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi sudyalari, fuqarolik, jinoyat va xo‘jalik ishlari bo‘yicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari, huquqshunos olimlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlisda sud-huquq sohasidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi o‘rtasida mustahkam amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani qayd etib o‘tildi.

Qo‘shma yig‘ilish muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qo‘shma qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror loyihasi kiritilgan bo‘lib, u ko‘rib chiqildi.

Masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Top