09:39 / 29.12.2016
11173

Isroil Bosh prokuraturasi Netanyaxuga nisbatan jinoiy ish ochishga buyruq berdi

Foto: AP

Isroil Bosh prokurori Avixay Mandelblit, mamlakat politsiyasiga bosh vazir Binyamin Netanyaxuga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish borasida buyruq berdi, deb xabar qilmoqda Isroilning Channel 10 telekanali.

Ta'kidlanishicha, Adliya vazirligi vakili ushbu xabarni izohlashdan bosh tortgan. 

Shunga ko‘ra, Netanyaxu ikki holat bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi uchun politsiya mahkamasiga kelishi lozim bo‘ladi. 

Telekanalga ko‘ra, Bosh prokuror ochgan ishlardan biri shu paytga qadar ommaga ma'lum bo‘lmagan. 

Noyabr oyida Isroil huquq-tartibot idoralari Germaniya suvosti kemalarini xarid qilish bo‘yicha bitimni bosh vazir Binyamin Netanyaxuga yaqin kishilardan biri imzolagani bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlagan edi. 

Mavzuga oid
Top