«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Londonning «Chelsi» klubi joriy mavsum chempioni bo‘lish uchun asosiy da'vogar ekani haqida gapirdi.
«Ayni vaqtda «Chelsi» - superfavorit, chunki ular yaxshigina farq bilan oldinga chiqib oldi. Ammo ular hali ochko yo‘qotishi mumkin, chunki mavsum yakuniga qadar ko‘p vaqt bor.
Kontega tan berish kerak, u «Chelsi»ning muammolarini hal qilib, barqaror jamoa tuzishga erishdi.
Ularning qilayotgan ishi – fantastika» - deya Vengerning so‘zlarini keltirgan The Telegraph.
«Chelsi» APLning 18-turidan keyin 46 ochko to‘plab, turnir jadvalida ikkinchi o‘rindagi «Liverpul»ni 6 ochkoga ortda qoldirgan holda yetakchilik qilmoqda. «Arsenal» 37 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda.