12:40 / 08.01.2017
31279

Reuters’dan fototuhfa: 2017 yilning ilk haftasi manzaralari

Yangi yilning birinchi haftasi ham ortda qoldi. Bu vaqt oralig‘ida dunyo odamlari hayotida ko‘p voqea-hodisalar bo‘lib o‘tdi. Reuters agentligi ana shu voqealarning eng yorqin va ta'sirlilarini fototasmaga muhrladi. Quyida ana shu suratlarni tomosha qilish mumkin.

1. Avstraliyaning Sidney shahridagi mushakbozlik. 2016 yil, 31 dekabr.

2. Xitoyning Fuyan shahridagi kuchli smog ostida odamlar raqs tushishmoqda. 2017 yil, 2 yanvar.

3. Ayol o‘z iti bilan Rido anhori yaqinida sayr etmoqda. Ottava, Kanada. 2017 yil, 4 yanvar.

4. Reina tungi klubi devorlari ostiga tashlangan gullar. Yangi yil oqshomida bu yerda noma'lum kishi dam olayotganlarga qarata o‘t ochgan edi. Istanbul, Turkiya. 2017 yil 1 yanvar.

5. Istanbuldagi Reina tungi klubida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lgan Fotih Chaqmoqning ota-onasi yig‘lamoqda. 2017 yil, 2 yanvar.

6. Xitoyning Erxay ko‘lida yoshlar o‘z nikohlarining fotosessiyasini o‘tkazishmoqda. 2016 yil 28 dekabr.

7. Besh yashar Fax Jyem ismli filcha jarohatlangan oyog‘ini davolash yo‘lida hovuzda cho‘milmoqda. U uch oylik bo‘lganida uning oyog‘i fillar uchun qo‘yilgan qopqonga tushib qolgan. 2017 yil 5 yanvar.

8. Faollardan biri qo‘lida “Men seni sevaman” deb yozilgan havo sharini ushlab turibdi. Damashq, Suriya. 2016 yil, 30 dekabr.

9. Falastinlik bolalar G‘azo sektorining janubida joylashgan Rafax parkida o‘lgan jonivorlardan yasalgan sun'iy hayvonlar ustida o‘tirishibdi. Boshqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, jonivorlar ularga beriladigan yemishning yo‘qligi sabab o‘lishgan. 2017 yil, 3 yanvar.

10. Yosh monaxlar Tiksi ibodatxonasida dam olishmoqda. 2016 yil, 26 sentabr.

11. Erkak kishi Damashq chetida joylashgan Dumadagi qabriston yonidan velosipedda ketib bormoqda. Suriya. 2017 yil, 3 yanvar.

12. Senator Temmi Dakvart o‘zining Ebigeyl bilan Kongressning 115-yig‘ilishining ochilish marosimida. Vashington, AQSh. 2017 yil, 3 yanvar.

13. Liviya qirg‘og‘ida qutqarib qolingan muhojirlardan biri. 2017 yil, 3 yanvar.

14. O‘rta yer dengizining Liviya qirg‘oqlari yaqinida Ispaniyaning Proactiva Open Arms notijorat tashkiloti a'zolari 112 kishini qutqarib qolishdi. Ular orasida bir nafar homilador ayol va 5 nafar bola bor. 2017 yil, 2 yanvar.

15. Maktab o‘quvchilari yoga bilan shug‘ullanishmoqda. Ahmadobod, Hindiston. 2017 yil, 5 yanvar.

Suratlar manbasi Reuters

Top