09:50 / 03.03.2017
9716

Time tomonidan “Yil odami” deya e'tirof etilgan hamshira vafot etdi

2014 yilda fotosurati Time jurnali muqovasida e'lon qilingan liberiyalik hamshira farzand ko‘rganidan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi. U jurnal tomonidan Ebola bezgagi bilan og‘rigan bemorlarni davolagani uchun yil odami deb topilgandi.

Bi-bi-si teleradiokompaniyasi ma'lumotiga ko‘ra, 28 yoshli Salome Karuax 17 fevral kuni to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirgan hamda keyinchalik paydo bo‘lgan asoratlar tufayli Liberiya poytaxti Monroviya shahridagi kasalxonalardan biriga yotqizildi.

Karuaxning turmush o‘rtog‘i uning o‘limida klinika xodimlarini aybladi hamda ular ayol bir necha yil muqaddam o‘z boshidan o‘tkazgan Ebola xastaligi yuqishi mumkinligidan qo‘rqishganini ma'lum qilgan.

Time jurnali talqiniga ko‘ra "Yil odami" 1927 yildan beri har yili nashr bosh muharriri tomonidan tanlanadi. 1950 yilgacha bu yo‘nalishda aniq shaxslar g‘olib chiqqan, biroq keyinchalik u mavhum shaxslarga ham berila boshlangan.

Ebola virusi tufayli paydo bo‘ladigan kasallik – o‘tkir yuqumli xastalikdir. G‘arbiy Afrikada Ebola epidemiyasi asosan uch mamlakat: Gvineya, Serra-Leone hamda Liberiyani qamrab oldi.

Mavzuga oid
Top