09:58 / 16.06.2017
8138

Vashington Obamaning yana bir farmonini bekor qildi: endi noqonuniy muhojirlar nishonda

Foto: AP

AQSh milliy xavfsizlik vazirligi rahbari Jon Kelli payshanba kuni Qo‘shma Shtatlar sobiq prezidenti Barak Obamaning farmonini bekor qildi. Farmonda noqonuniy muhojir bo‘lgan ota-ona AQShda ushbu davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan farzandlarining vasiysi sifatida qolishi mumkinligi belgilab qo‘yilgandi. Bu haqda Reyter agentligi xabar berdi.

Gap Obama tomonidan 2014 yilda imzolangan farmon haqida ketmoqda. Biroq u kuchga kirmagan, sababi federal sudda to‘sib qo‘yilgandi.

Top