10:35 / 16.06.2017
15155

Video: To‘sunning goli Chempionlar ligasining eng chiroyli goli deb topildi

Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, «Beshiktosh» hujumchisi Jyenk To‘sun Yevropa Chempionlar ligasining yakunlangan mavsumidagi eng chiroyli goli muallifi bo‘lgan. Bu haqda UYeFA rasmiy saytida ma'lum qilingan.

To‘suning guruh bosqichida «Benfika» darvozasiga urgan goli (o‘yin 3:3 hisobida yakunlangandi) muxlislarning 41 foizi tomonidan tanlangan.

Turkiyalik hujumchi turnir finalida gol urgan Mario Manjukich (19 foiz), «Real»ning «Sporting»ga qarshi o‘yinida gol urgan Krishtianu Ronaldu (13 foiz), «Barselona»ning «PSJ»ga qarshi o‘yindagi gollaridan biriga muallif bo‘lgan Neymar (7 foiz) va boshqa bir qator futbolchilarni ortda qoldirgan. Eng chiroyli gollar ro‘yxatida Rikardu Kuarejmaning «Dinamo»ga, Ronalduning «Atletiko»ga, Vadis Ojijaning «Real»ga, Radamel Falkaoning «Monako»ga, Ronalduning «Bavariya»ga, Robert Levandovskining «Atletiko»ga hamda Xuan Kuardadoning «Lion»ga urgan gollari ham bor.

Qayd etish kerakki, bundan avvalroq UYeFAning texnik kuzatuvchilari Manjukichni mavsumning eng chiroyli goli deb topishgan, To‘sunning goli o‘nlikka ham kirmagandi.

Top