16:22 / 21.06.2017
7496

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi ShHT sammiti yakunlariga bag‘ishlandi

Joriy yilning 21 iyun kuni Xalqaro press-klubda Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti yakunlari, O‘zbekistoning tashqi siyosati bo‘yicha dolzarb masalalarga bag‘ishlagan anjuman bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Oliy majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Xalqaro pres-klub Jamoatchilik kengashi raisi Sodiq Safoyev, Senatning xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizim masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Qurmanov hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining hududiy aksilteror tuzilmasi direktori Yevgeniy Sisoyevlar spiker sifatida ishtirok etdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9 iyun kunlari ShHT sammiti doirasida Ostona shahriga qilgan tashrifi davomida ShHTga a'zo bir qator davlat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublika bosh vaziri Navoz Sharif, Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Ispaniya qiroli Filip VIlar bilan ikki tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlarida muzokaralar o‘tkazdi.

ShHTga a'zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi yig‘ilishlarida ishtirokchilar o‘zaro savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy, transport va gumanitar sohalardagi aloqalarining mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar. Tashkilotning 2025 yilgacha ishlab chiqilgan rivojlanish strategiyasi doirasidagi 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasining bajarilishi hamda ShHTga a'zo davlatlar o‘rtasida turizm sohasining rivojlanishiga alohida urg‘u berildi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida yana e'tiborga molik hodisa, Tashkilotga yangi rasmiy ikki davlat - Hindiston va Pokiston Respublikalari qabul qilinib, ushbu davlatlarning bayroqlari ShHT shtab-kvartirasi oldida ko‘tarildi. Sammitning kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqida O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyatning barqarorlashi mintaqada xavfsizlik va barqarorlikning asosiy garovi ekanligini alohida takidladi. Shuningdek, Davlatimiz rahbari Tashkilotga a'zo davlatlarining temir yo‘l sohasi rahbarlari o‘rtasida tez-tez muzokaralar tashkil etilishi ShHT mamlakatlari o‘rtasidagi transport aloqalarining rivojlanishiga xizmat qilishini ta'kidladi.

Sammit yakunlariga ko‘ra, Ostona deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu deklaratsiya ShHT davlatlaring turli sohalardagi amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish va hamkorligini mustahkamlashni huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu kunning o‘zida Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona EKSPO-2017 ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etdi.

Top