09:24 / 25.06.2017
5289

Xitoyning Wanda kompaniyasi Londonda 600 mln dollarga yer maydoni sotib oldi

Foto: RIA Novosti

Xitoyning Dalian Wanda Group konglomerati Londondagi Nine Elms maydonini 600 mln dollarga sotib oldi. Bu Britaniyadagi ko‘chmas mulkka kiritilgan eng katta miqdordagi investitsiya bo‘ldi, deb xabar bermoqda China Economic Net nashri.

Xitoy kompaniyasi 4,05 gektarlik yer maydonida balandligi 32 qavatdan 54 qavatgacha bo‘ladigan 3 ta bino qurmoqchi. Bu binolardagi apartamentlarning umumiy soni 1821 tani tashkil qiladi. 

Wanda Londondagi ko‘chmas mulkka birinchi yirik investitsiyani 2013 yilda kiritgan, uning miqdori 114 mln dollarni tashkil qilgan. Kompaniya Buyuk Britaniya poytaxtidan 437 ta apartamentli ikkita baland bino qurish uchun ham yer maydoni sotib olgan.

Dalian Wanda Group’ning faoliyati doirasiga qurilishdan tashqari, sayyohlik biznesi, moliyaviy xizmatlar, media va internet-texnologiyalar kiradi.

Mavzuga oid
Top