11:58 / 27.06.2017
17937

Toshkent-Nukus reysidagi samolyotga chipta sotuvchilar tanqid qilindi

"Facebook" ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Ilhom Saymanov Toshkent-Nukus reysi orqali samolyotga chipta sotuvchilarni tanqid qilgan, deb yozadi Kruz.uz.

Quyida I.Saymanovning fikrlari keltirib o‘tiladi.

"Men bugun, ya'ni, 26 iyun soat 15:10 dagi reysda uchib kelgan reysim. Buni nega qo‘zg‘ayapman. Bunga sabab birga uchib kelgan aka va opalarimizning noroziligidan kelib chiqqan suhbatidan kelib chiqqan holda yozdim! Ya'ni men bugun ertalab tezda Nukusga qaytishim kerak bo‘lib Markaziy Aviakassaga murojaat qilganimda, menga chipta umuman yo‘q, degan xabarni aytdi. Men tanish bilish orqali do‘stlarimning orqasidan bron orqali chipta oldim, ro‘yxatdan o‘tib samolyotga o‘tirsam, 52 odamlik IL 114 samolyotida, 23 odam bo‘lib uchib keldik. Men hayron bo‘lib tursam, ichidagi odamlar norozi, sababi qaysidiri palon so‘m, qaysidiri to‘lon so‘m ustama pul berib chipta olishga majbur bo‘lgan. 

Men bu voqeaga nima demoqchiman. Xaloyiq Xurmatli Prezidentimizning poraxo‘rlikning oldini olish bo‘yicha chiqargan bir nechta farmon va qarorlarga bo‘ysunmayotganliklari qanchalik achinarli",  deya fikrini davom ettirgan Ilhom Saymanov. 

 

Top