16:05 / 29.06.2017
23326

Mo‘sul IShIDdan ozod etildi

Foto: Reuters

Iroq Mudofaa vazirligi ma'lum qildiki, hukumat kuchlari Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan to‘la ozod etdi.

29 iyun tongida iroqlik harbiylar shaharning tarixiy qismidagi An-Nuriy masjidini egallagan, aynan shu yerda 3 yil muqaddam IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy «xalifalik» tuzilgani haqida e'lon qilgandi.

«Armiyaning maxsus topshiriqli bo‘linmalari  An-Nuriy masjidiga kirdi»,— deya xabar bergan Sky News Arabia telekanali efirida Mo‘sulni ozod etish operatsiyasiga boshchilik qilayotgan general Abdul Amir Yaralla.

Iroqning ikkinchi yirik shahri, mamlakat shimolida joylashgan Mo‘sul IShID tomonidan 2014 yil iyunida bosib olingandi. Shaharni ozod etish uchun harbiy amaliyot o‘tgan yilning 17 oktabrida boshlangandi. Shaharning g‘arbiy qismi 2017 yil yanvarida egallangach, harbiy yurishda tanaffus qilingandi. Amaliyot davomida Iroq armiyasiga shialarning harbiy bo‘linmalari, kurd otryadlari va xalqaro aksilterror koalitsiya kuchlari yordam berishdi. Bir necha kun oldin Iroq armiyasi vakili Mo‘sul qamalida hal qiluvchi yakuniy bosqich boshlangani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top