20:02 / 29.06.2017
5317

Kyodo: Malayziya Shimoliy Koreya fuqarolariga ishlashga ruxsat berishni to‘xtatdi

Foto: Getty Images

Malayziya hukumati fevral o‘rtalarida Kuala-Lumpur aeroportida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chen Nam o‘ldirilgandan keyin shimoliy koreyalik ishchilarga ishlashga ruxsat berishni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Malayziya hukumatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Kyodo axborot agentligi xabar bermoqda.    

O‘sha vaqtda Malayziyada mingga yaqin shimoliy koreyalik ishlagan, ular asosan ko‘mir shaxtalarida va qurilish maydonchalarida mehnat qilishgan. Malayziya may oyida Kuala-Lumpurdagi Shimoliy Koreya restorani ishchilariga ishlashga ruxsatni uzaytirib bermagandan keyin ular mamlakatni tark etgandilar. 

Xorijga ishchilarni yuborish Shimoliy Koreya uchun xorijiy valyuta tushumining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Janubiy Koreya hukumatida ta'kidlanishicha, Xitoyning o‘zida 90 ming shimoliy koreyalik ishchi ishlaydi, ular Shimoliy Koreya byudjyeti uchun har yili yuzlab million dollar foyda keltiradi. Taxmin qilinishicha, bu mablag‘larning bir qismi Shimoliy Koreyaning raketa-yadroviy dasturi uchun ishlatilishi mumkin.   

Kim Chen Nam o‘limigacha Malayziya va Shimoliy Koreya yaxshi munosabatlarni saqlab kelayotgandilar, biroq voqeadan keyin ular o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashgan. Pxenyan va Kuala-Lumpur o‘z elchilarini chaqirtirib olishgan hamda Malayziya fuqarolarining Shimoliy Koreyaga va Shimoliy Koreya fuqarolarining Malayziyaga kirishini taqiqlab qo‘yishgan.

Top