14:19 / 30.06.2017
9260

28 iyun kuni Toshkentda 8 ta YTH yuz berdi, 10 kishi jarohatlandi

2017 yilning 28 iyun kuni Toshkent shahri hududida 8 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 10 nafar shaxslar tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan 2017 yilning 28 iyun kuni jami 2303 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 804 tasini qo‘pol turdagi, 23 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 28 iyun kuni jami 960 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 468 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 492 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top