16:25 / 30.06.2017
52599

Moskvaga kuchli shtorm yopirildi (foto)

30 iyun kunining ikkinchi yarmida Rossiya poytaxti Moskva shahrida qattiq yomg‘ir quyib, kuchli shamol boshlandi (shamol tezligi soniyasiga 22 metrni tashkil etmoqda). Meteorologlar yog‘ingarchilikning 3 oylik normasi yog‘ishini prognoz qilishgan (bunday hodisa oxirgi marta 1923 yilda kuzatilgan).

Ijtimoiy tarmoqlarda osmonni qora bulut qoplagani, do‘l yoqqani tasvirlari tarqaldi. Ko‘chalar suvga to‘la boshlagan.

Shaharga shtorm shimoldan kirib kelgan.

Moskva meri shahar aholisiga uylaridan chiqmaslikni tavsiya etmoqda.

Mavzuga oid
Top