20:57 / 05.07.2017
47745

Uy-joy kommunal xizmatlar vaziri o‘zgardi

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5109-sonli farmoniga muvofiq, Muzaffar Holdorboyevich Soliyev O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmatlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqida davlat rahbari saytida xabar berildi

Muzaffar Holdorboyevich Soliyev bunga qadar mudofaa vazirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmatlar vazirligi joriy yilning aprel oyida Prezident farmoniga ko‘ra tashkil qilingan bo‘lib, uning birinchi vaziri E.Iskandarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. 

Top