17:20 / 09.07.2017
42081

Yaponlar minimalizmni ma'qul ko‘rishini tasdiqlovchi 32 surat

Minimalizm asta-sekinlik bilan dunyoni qamrab olmoqda. Mari Kondo singari shaxslar faqatgina hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarni qoldirib, qolganini tashlab yuborishni targ‘ib qilib tanilib bormoqda. 

Bugungi kunda Yaponiyada ushbu harakat juda mashhur, zero dzen-buddizm insonga oddiylikka intilishni targ‘ib qiladi. Yaponlar uchun kamroq tushunchasi ko‘proq ahamiyatga ega. 

Bundan tashqari, bunday hayot tarziga rioya qilish ancha qulay: minimalist bo‘lish ancha arzonga tushadi. Yaponiyada muntazam ravishda zilzilalar bo‘lishini inobatga oladigan bo‘lsak, katta miqdordagi qimmatbaho mulkni uyda saqlashga hojat yo‘q. 

Biz minimalizm g‘oyasi ustunliklarini uzoq sanashimiz mumkin, biroq yaxshisi, bu yo‘nalishning noyob estetikasini namoyish qilamiz, deyiladi TravelAsk nashrida

Yaponiyada ba'zi yotoqxonalar shu qadar asketikki, ularda hatto karavotlar ham yo‘q

Minimalistning muzlatgichi

Vannada ham hammasi oddiy

Ancha qat'iy

Tish cho‘tkasini shunday saqlash kerak

Deraza tokchasi juda foydali

Hammasi o‘z o‘rniga ega

Bir qoshiq va bir sanchqi - bu zarurat

Minimalist Saeko Kushibiki o‘z matrasini ko‘zdan yiroqda saqlaydi

Xonadagi yagona mebel - stol va stul

Ba'zan esa stulsiz

Faqat eng oddiy, eng kerakli narsalar

Biroq bu ular chiroyli bo‘lmasligi kerakligini anglatmaydi

Mebelning yo‘qligi boshqa foydali va qiziq mashg‘ulotlarga ko‘proq joy ajratish imkonini beradi

Oshxonada stolga qo‘yadigan narsa bo‘lmasa, uni tozalikda saqlash oson

Shift chirog‘i - shunchaki oq doira

Aslida u qadar ko‘p narsa kerak emas, ularni topish oson

Ular foydalanishga qulay qilib joylangan

Predmetlarni oddiy ilgaklarda saqlash yapon minimalistlari orasidagi mashhur strategiyadir

Bu falsafa bir-biriga yaqin bo‘lgan obektlarni birlashtirishga chaqiradi

Bu hayotingizni tozalash usulidir

Ongingizni ham

Har bir obektning o‘z joyi va vazifasi bor

Ba'zan minimalizm polyuvgichning yo‘qligini ham bildiradi

Buning ham o‘ziga xos ijobiy tomoni bor

Sizni hech nasra chalg‘itmaydi

Qaysi taom uchun qaysi likopchadan foydalanish ustida bosh qotirishga hojat yo‘q

Derazalar va interer bir-biriga raqib emas

Ba'zi turlar esa shunchaki Instagram uchun yaratilgan

Hattoki shundaylari ham

O‘z mulkingizni yangidan ko‘rasiz

Bo‘sh joy buyumlarga to‘la joyga nisbatan balandroq "gapiradi"

Mavzuga oid
Top