BBC telekanali Angliya Premer-ligasining barcha davrlardagi ramziy terma jamoasini ma'lum qildi. U Premer-ligada qachonlardir o‘ynagan futbolchilardan tuzilgan.
Ta'kidlanishicha, futbolchilar Premer-liganing 25 yilligiga bag‘ishlangan ovoz berish jarayoni orqali tanlab olindi.
Darvozabon: Peter Shmeyxel («Manchester Yunayted»);
Himoyachilar: Eshli Koul («Arsenal»/«Chelsi»), Jon Terri («Chelsi»), Rio Ferdinand, Geri Nevill (har ikkisi - «Manchester Yunayted»);
Yarim himoyachilar: Rayan Giggz, Pol Skoulz, Krishtianu Ronaldu (barchasi — «Manchester Yunayted»), Stiven Jyerrard («Liverpul»);
Hujumchilar: Terri Anri («Arsenal»), Alan Shirer («Nyukasl»).