12:09 / 26.08.2017
27376

O‘zbekiston Qirg‘izistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Foto: the-uff.com

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi so‘nggi ikki o‘yinidan oldin 25 avgust kuni Qirg‘izistonga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.

“Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuvda Samvel Babayan shogirdlari 5:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Sardor Rashidov hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada Igor Sergeyev hisobni oshirdi.

Ikkinchi bo‘lim yakunida O‘zbekiston termasi yana uchta gol kiritdi. 83-daqiqaga kelib Sardor Mirzayev hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Jaloliddin Masharipov va Aleksandr Geynrix bittadan gol urdi.

O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi doirasida 31 avgust kuni safarda Xitoy termasiga qarshi, 5 sentabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreya termasiga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston – Qirg‘iziston 5:0

Gollar: Sardor Rashidov (9), Igor Sergeyev (43), Sardor Mirzayev (84), Jaloliddin Masharipov (90+2), Aleksandr Geynrix (90+4)

Top