O‘zbekiston Mudofaa vaziri Qobul Berdiyev lavozimini tark etdi. Bu vazirlikni sobiq Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov boshqaradi.
Mudofaa vazirligidan «Kun.uz»ga ma'lum qilishlaricha, general-polkovnik Qobul Berdiyev endi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasiga rahbarlik qiladi.
Qobul Berdiyev 2008 yildan buyon Mudofaa vaziri edi. U Qurolli kuchlardagi faoliyatini 1976 yildan boshlagan. 1998-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari, 2000-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari. 2003-2006 yillarda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti boshlig‘i. 2006-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri. 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari - Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni. 2008 yil sentabridan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri.
Bundan oldinroq Ichki ishlar vazirligida Abdusalom Azizov o‘rnini Xorazm viloyati hokimi Po‘lat Bobojonov egallagani ma'lum bo‘lgandi