10:15 / 14.11.2017
9992

Trampning o‘g‘li WikiLeaks bilan yozishib turgani ma'lum bo‘ldi

Foto: globallookpress.com

AQSh OAV prezident Donald Trampning o‘g‘li Kichik Donald Tramp WikiLeaks vakillari bilan yozishib turgani va ularning ba'zi savollariga javob berganidan xabar topdi. Yozishmalar Twitter mikroblogida olib borilgan. WikiLeaks’ning aksariyat  xabarlari jiddiy bo‘lmagan yoki javobsiz qoldirilgan, biroq Kichik Tramp ulardan ba'zilariga javob qaytargan.

Misol uchun, WikiLeaks vakillari 2016 yil 20 sentabrda Trampning o‘g‘liga “Donald Trampning Rossiya bilan aloqasi borligi” haqidagi gaplarni tarqatayotgan siyosiy jamg‘arma haqida so‘raganlar. Bu jamg‘arma go‘yoki Iroqdagi urushni qo‘llab-quvvatlagan. “Men buni bilmayman, biroq so‘rab ko‘raman”, deb javob qaytargan Kichik Tramp. U shu bilan birga “yozib olinmaslik sharti bilan” javob berishidan ogohlantirgan. 

WikiLeaks Trampning o‘g‘liga Hillari Klintonning WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni dron yordamida o‘ldirish haqidagi gapiga izoh berish yoki uni tarqatishni taklif qilgan. Kichik Tramp bu gap tarqatilgani va “Ajablanarli, qanday qilib unga bu gaplari uchun hech narsa qilmaydi”, deb javob bergan.  

WikiLeaks xodimlari Kichik Trampdan otasining soliq deklaratsiyasini taqdim qilishni talab qilishgan, saylovlar natijalariga e'tiroz bildirishni taklif qilishgan, Avstraliyadan Assanjni AQShdagi elchisi qilib tayinlash zarurligini so‘rashga ko‘rsatma berishgan.  

Kichik Trampning advokati mijozini WikiLeaks bilan aloqa qilgani haqidagi isbotlar tashvishlantirmasligini va u kongress bilan hamkorlik qilayotganini aytgan.

Avvalroq AQSh maxsus xizmatlari Rossiyani AQSh demokratik partiyasi milliy qo‘mitasi hujjatlarini o‘g‘irlashda ayblagan. Bu hujjatlar keyinchalik WikiLeaks’da e'lon qilingan. Portal ham, Moskva ham bu ma'lumotlarni rad etishgan.  

Mavzuga oid
Top