08:21 / 20.12.2017
8441

Hyundai noyob hetchbekining suratlari tarqaldi

Hyundai Veloster ikkinchi avloddagi asimmetrik hetchbekining ilk fotosuratlari paydo bo‘ldi. Jahon premerasi yanvar oyida Detroytdagi motorshouda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan avtomobil suratlari Carscoops nashri tomonidan e'lon qilindi.

Foto: CarScoops

Dastlabki ma'lumotga ko‘ra, keyingi Veloster hajmi 1,4 va 1,6 litr bo‘lgan ikkita turbomotor bilan taklif etiladi, ular yetti pog‘onali ikkita ulovchi mexanizmga ega «robot» bilan juftlikda ishlashi mumkin. Eng kuchli variant i30N xot-hetchidan ikki litrli dvigatelga ega bo‘ladi, undagi quvvat esa 275 ot kuchiga yetadi.

Foto: CarScoops

Veloster modeli 2011 yildan beri chiqariladi. Unda eshiklarning noodatiy joylashuvi bor: haydovchi tomonidan u bitta, yo‘lovchi tomonidan esa – ikkita. Hetchbek 130 hamda 140 kuch beruvchi atmosferli agregatlarga ham ega, shuningdek quvvati 204 ot kuchiga yetuvchi turbirlangan motorni ham o‘z ichiga qamrab olgan. Ulardan so‘nggisi mashinaga «yuzga» 7,4 soniyada chiqish imkonini beradi.

Foto: CarScoops
Foto: CarScoops

 

Top