23:30 / 25.12.2017
15430

Aviahalokatda omon qolgan futbolchi protez oyog‘i bilan gol kiritdi (video)

Aviahalokatda omon qolgan, “Shapekoense” (Braziliya) klubi darvozaboni Jakson Folman xayriya uchrashuvida ishtirok etdi. Futbolchi falokat sababli bir oyog‘idan mahrum bo‘lgan, biroq sportni tashlashni istamagan.

Darvozabon bu uchrashuvda to‘pni protez oyog‘i bilan kiritgan. Uning oyog‘ini falokat sababli olib tashlashga to‘g‘ri kelgan. Folman uchrashuv davomida protez oyog‘i jarohat olgandek o‘zini tutgani bilan yig‘ilganlar va raqib jamoa o‘yinchilarida tabassum uyg‘otgan.

Folman aviahalokatdan keyin yaqindagina ilk mashg‘ulotni o‘tkazgan. U faoliyatini qayta boshlab,  Paralimpiadada ishtirok etmoqchi. O‘tgan oy Folman uylandi. Uning to‘yida aviafalokatda omon qolgan yana ikki o‘yinchi Alan Rushel va Netu mehmon bo‘lganlar.

2016 yil noyabrda “Shapekoense” o‘yinchilari ketayotgan samolyot Medelinda halokatga uchragan. Buning oqibatida 71 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi omon qolgan. 

Mavzuga oid
Top